Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qarz oldi-berdisi: oqibat kelib chiqishidan oldin muhokama qilinadi

Viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Z.Allaboyev, viloyat sudi sudyalari F.Qarshiyev va Z.Ravshanov hamda Samarqand shahar sudi raisi o‘rinbosari B.Vahobovlar tomonidan Samarqand shahar akademik litseyida korxona va tashkilotlarning yurist maslahatchilari hamda tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar va sudyalar tomonidan «Qarz va kredit shartnomasi yuzasidan nizolar»ni sudsiz hal etish, shuningdek, yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yoritib berildi.

- Prezidentimiz kecha, 20 avgust kuni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi, - dedi viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Z.Allaboyev. – Unda tadbirkorlar va ishbilarmonlarga faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilishini, xususan, kredit olish masalalari hamda ularning sud bilan bog‘liq ishlarini soddalashtirishni ta’kidladi. Bugungi muloqotda ishtirokchilarga Prezidentimiz ilgari surgan fikr va takliflarni ham tushuntirdik.