Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qarzdorning asosiy hisobraqamiga akseptsiz to‘lov talabnomasi qo‘yiladimi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar o‘z vaqtida so‘ndirilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan qarzdorning asosiy hisobraqamiga akseptsiz to‘lov talabnomasi qo‘yish mumkinmi?

J.SOBIROV,

Samarqand shahri. 

- “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan)da “Akseptsiz to‘lov talabnomasi - to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablag‘larni to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati” deb keltirilgan.

Mazkur nizomda banklar tomonidan mablag‘larni to‘lovchining kreditlar bo‘yicha qarzlari o‘z vaqtida so‘ndirilmagan hollarda mablag‘lar akseptsiz hisobdan chiqarilishi belgilangan.

Kredit bo‘yicha hisoblangan foizni o‘z vaqtida so‘ndirilmagan taqdirda, tijorat banki tomonidan qarzdorning asosiy hisobvarag‘iga akseptsiz to‘lov talabnomasi qo‘yish mumkin.

Savolga Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi bosh hisobchisi B.SOYIPOV javob berdi.