Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qashqadaryodagi yong‘inda 21 yashar kelinchakning kuygan jasadi topildi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 06 dan 30 daqiqa o‘tganda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Qumbangi mahallasida yashovchi fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 06:45 da yetib borib, soat 06:47 da yong‘in qurshab olingan va soat 07:18 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 21 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Bundan tashqari, 1998 yilda tug‘ilgan uy egasining rafiqasi fuqaro D.N.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan tergovga qadar tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.