Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qaysi mamlakatning ilmiy salohiyati baland?

Ilmiy texnologiyada kim ilgarilab ketsa, dunyoga hukmronlik o‘shaniki bo‘ladi. XXI asrga kelib bu bashorat tobora oydinlashib borayotir, deb yozadi «AiF» (2021 yil, 35-son).

Yetakchi olimlarning xabar berishicha, xitoyliklar pandemiyadan chiqqach, AQShni quvib yetadi. Ehtimol, yaqin 10 yil ichida o‘zib ham ketadi. Ammo Xitoyda aholi AQShdagidan 5 marta ko‘p. Demak, u yerda mehnat unumdorligi 5 marta kam. Iqtisodiy yetakchi amerikaliklar bo‘lib qolaveradi. Gap shundaki, ularda fan va texnologiya ancha ko‘p. Iqtisodiy taraqqiyotni esa aholi soni emas, ilmiy texnologik qudrat belgilaydi. Xitoy innovatsion yo‘lga yaqinda o‘tdi, uni og‘ishmay o‘ta oladimi, yo‘qmi, hali noma’lum.

40 yil avval Yaponiya xuddi shunday, AQShning tovonini bosgan edi. Biroq yaponlar ma’lum nuqtada to‘xtadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, AQSh kuchli bozor fondiga ega bo‘lib, undan pul ilmiy-texnologik biznesga oqadi. Na Yaponiyada, na Janubiy Koreyada, na Xitoyda to‘liq hajmda hali bunday hal qiluvchi fondga ega emas.

T.ShOMURODOV tayyorladi.