Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qayta moliyalashtirish stavkasi oshadi(mi?)

– Inflyasiyaning oldini uchun qayta moliyalash stavkasi oshiriladi, banklarda kredit foizlari ham ko‘tariladi, degan gaplar eshitdim. Shu to‘g‘rimi?

S.ASHUROVSamarqand shahri.

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan "Monetar siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari" ishlab chiqilib, 2018 yil 3 dekabrda www.cbu.uz veb-saytida e’lon qilindi.

Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek, tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat o‘z ichiga o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan.

O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.

"Monetar siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari"da 2019 yil uchun 26 yanvar, 20 aprel, 20 iyul va 19 oktyabrdagi boshqaruv yig‘ilishlarida Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasini ko‘rib chiqishi belgilangan.

2019 yil 26 yanvar kun Markaziy bank boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Qayta moliyalash stavkasi 2017 yil 28 iyunda 9 foizdan 14 foizga, 2018 yil 25 sentyabrda 14 foizdan 16 foizga oshirilgan edi.

 Sherzod SUVONQULOV,

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi

statistika bo‘limi boshlig‘i.