Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qayta tug‘ilish... Bunda qanchalik haqiqat bor?

Albatta, qayta tug‘ilish (reinkarnatsiya) haqida juda ko‘p uydirmalar mavjud. Lekin mutaxassislar tomonidan ushbu holatlar hujjatlashtirilgani va tasdiqlangani ham talaygina.

1926 yildan 1987 yilgacha yashagan hindistonlik Shanti Devining hikoyasi qayta tug‘ilishning eng o‘rganilgan holatlaridan biri. Shanti Hindistonning Dehli shahrida mahalliy amaldor oilasida tug‘ilgan. Qiz 3 yoshga to‘lganida eri va bolalari borligini ayta boshladi. Tabiiyki, avvaliga ota-onasi bunga jiddiy qarashmagan. Ular buni bolaning haddan tashqari xayolot va tasavvurga berilishiga bog‘lashdi.

Ammo 2 yil o‘tdi va qiz boshqa oilasi borligini va uning ismi Shanti Devi emasligini, Qodir ismli eri borligini, u boshqa shaharda yashashini, ajablanarli tarzda o‘tgan hayotini, o‘zi yashagan ko‘chani aniq tasvirlab berdi va yangi tug‘ilishidan bir yil oldin 1925 yilda tug‘ruq paytida vafot etganini aytdi.

Shunda qizning ota-onasi Qodir ismli erkak ko‘rsatilgan manzilda yashash, yashamasligini tekshirishga qaror qildi. Shanti tasvirlagan tafsilotlarning barchasi aqlga sig‘maydigan darajada haqiqat bo‘lib chiqdi.

***

Oltinchi sinfda o‘qiydigan Anapalik qiz Natasha Beketova to‘satdan matematika darsida hushini yo‘qotdi. Maktabdagi feldsherlik punktida u o‘ziga kelib, atrofdagilar uchun kutilmaganda 120 ta chet va asosan qadimgi va endilikda ishlatilmaydigan tillarda gapira boshladi. Asosiysi u o‘z rus tilini butunlay unutdi va keyinchalik uni boshqatdan o‘rgana boshladi.

Bu holatni o‘rgangan mutaxassislar stress tufayli qizda o‘tgan hayoti haqidagi xotiralarini uyg‘onganini va u taxminan 500 yildan beri qayta tug‘ilish davrasida yashab kelayotganini aniqladi. Shu sababli bo‘lsa kerak maktabni tugatgandan so‘ng Natasha osongina universitetning tarjimonlik fakultetiga o‘qishga kirdi.

***

Rayanning o‘tgan hayotidagi dastlabki xotiralari u 4 yoshga to‘lganda boshlandi. Bolakay onasiga bir vaqtlar u boshqa odam bo‘lganligi va Gollivudda yashaganini eslayotganini ayta boshladi. U o‘zi yashagan manzilni ko‘rsatib, onasiga u yerga borishini aytdi. Shuningdek, kino yulduzlari Rita Xeyvord va yana bir nechta kino yulduzlari bilan uchrashganini, aktyorlar ko‘pincha o‘zlari uchun taxallus olishi haqida g‘ayrat bilan aytib berdi. Rayanning oilasi bolaning vahiylarini jiddiy qabul qildi va o‘sha davrdagi arxivlarni o‘rganib chiqib, bir erkakning fotosuratini topishdi. Aynan shu suratda Rayan o‘zini tanidi.

Biroq ushbu erkakning kimligi noma’lum edi. Rayanning onasi mashhur mutaxassis shifokorlarlarga murojaat qildi va o‘rganish davomida bu fotosurat “Tundan keyingi tun” filmidagi kadr ekanligi aniqlandi. Fotosuratdagi odam esa Brodvey raqqosasi, keyinchalik mijozlarga qiziqarli taxalluslar  o‘ylab topadigan agentlik xodimi Martin ekanligi ma’lum bo‘ldi.

***

Qayta tug‘ilish haqiqat bo‘lishi mumkin, deb o‘ylashga undaydigan yana bir holat. Hodisa 18 oylik Sem Teylor ismli chaqaloq bilan bog‘liq. Bir kuni otasi uning tagligini almashtirayotganida bola unga qarab: “Mening yoshimda bo‘lganingda men ham sening tagliklaringni almashtirganman”, dedi. Bu otani juda hayron qoldirdi. Negaki, farzandi uning otasi bo‘lganligida da’vo qilardi-da. Keyinchalik bola bobosining hayoti to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Buni qanday bilishi mumkinligi noma’lum edi, chunki Semning ota-onasi uning oldida hech qachon bu haqda gapirmagan.

Bundan ham ajablanarli tomoni shundaki, o‘g‘lining to‘rt yoshida unga oilaviy fotosuratlar ko‘rsatildi, bola ular orasida ishtiyoq bilan bobosini tanidi va “Bu menman”, deb aytdi. Ota-ona bolani tekshirishga qaror qilishdi, ular bobosi bo‘lgan maktabdagi yana bir rasmni tanladi va 16 ta sinfdoshi orasidan u yana o‘z bobosiga ishora qildi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.