Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘iziston va Tojikiston umumiy chegara to‘g‘risida kelishib oldi

Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari chegaraning umumiy uchastkasining 24 kilometrdan ortiq chizig‘ini kelishib oldi.

Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Xabarga ko‘ra, Tojikistonda o‘tgan uchrashuvda ikki davlat Topografik ishchi guruhlari Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining 24,01 etib belgilashga kelishishgan.

Shu bilan birga “Qirg‘iziston Respublikasi hududida o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda” qolgan yo‘nalishlarni tavsiflash ustida ishlashni davom ettirish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Qirg‘iziston Tojikistondan tashqari barcha qo‘shni davlatlar bilan davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakunlagan.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 km. 2002 yilning dekabr oyidan boshlab uni delimitatsiya qilish (davlat chegarasini uning o‘tish joyini tavsiflash va xaritada chizish) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.