Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda Putinning haykali o‘rnatildi

Qirg‘izistonning Bishkek shahri yaqinidagi «ZIL» tog‘-chang‘i kurortida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning haykali o‘rnatildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Ishchilarning aytishicha, haykal bronzadan yasalgan. Uning yonida minnatdorlik yodgorligi ham o‘rnatildi.

Shuningdek, ushbu dam olish maskani hududida buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov va Vladimir Lenin haykali ham o‘rnatildi.