Qirg‘izistonda un va bug‘doy eksportiga olti oylik taqiq joriy etildi
- 25.09.2023 17:44
- 52
- Xorij
Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, olti oy muddatga bug‘doy uni va mahsulotlarini eksport qilishga taqiq joriy qilindi. Qaror Qirg‘izistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda bug‘doy ekin maydonlari o‘tgan mavsumga nisbatan 1,6 foizga – 233,7 ming gektardan 232,1 ming gektarga kamaygan, hosildorlik yomonlashgan.
2022 yilda Qirg‘iziston 1,6 ming tonna bug‘doy eksport qilgan. Bu yil respublika g‘alla eksport qilmadi. O‘tgan yili un eksporti bo‘lmagan, 2023 yil iyul oyida esa O‘zbekistonga 1,5 ming tonna un sotilgani aytilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Milliy kurashni rivojlantirishga e’tibor kerak
- Bugun, 15:17
- Sport
Bergan ham, olgan ham jazolanadi
- Bugun, 10:25
- Jinoyat va jazo