Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda yana uch nafar koronavirus bilan kasallanganlar aniqlandi

Koronavirus yana uch nafar Qirg‘izistonlikda aniqlandi. Bu haqda juma kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qildi.

“O‘sh viloyatining Nookat tumanida yana uch nafar kasallik yuqtirganlar aniqlandi”, ta’kidladi vazir.

O‘sh viloyatining Nookat tumanida favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

Cholponbayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanganlar ayni vaqtda kasalxonaga yotqizilgan va ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Yangi kasallanganlar bilan aloqa qilganlar aniqlanmoqda.

Chorshanba kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida dastlabki uch nafar koronavirus holati qayd etilganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Barcha kasallanganlar Saudiya Arabistonidan, Umra safaridan qaytganlar.