Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonning beshta partiyasi parlament saylovlari natijalarini tan olmayapti

Qirg‘izistonning beshta partiyasi parlament saylovlarining rasmiy natijalarini tan olishdan bosh tortdi. Ular Markaziy saylov komissiyasini soxtalikda ayblab, saylovoldi tashviqoti paytidagi qonunbuzarliklardan shikoyat qilmoqda. Partiya yetakchilari qo‘shma bayonotda yangi ovoz berishni talab qilmoqda va hukumatning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilmoqda.

Asosiy shikoyatlardan biri ovozlarni elektron hisoblash jarayonida MSK veb-saytining faoliyati to‘xtatilgani bilan bog‘liq – portal bir necha daqiqa davomida ishlamagan, biroq bu vaqt ichida elektron ovozlar natijalari keskin o‘zgargan. Parlamentga kirgan partiyalar soni o‘ndan oltitaga kamaygan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat tomonidagi “Ata Jurt Qirg‘iziston” uyushmasi yetakchilik qilmoqda. MSK ovozlarni sanash tizimiga ta’sir qilmagan texnik nosozlik bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov saylovning rasmiy natijalaridan norozi bo‘lganlarga byulletenlarni qo‘lda qayta sanashni taklif qildi. Agar qalbakilashtirish aniqlansa, MSKning barcha a’zolari, Japarovning so‘zlariga ko‘ra, “boshi bilan javob beradi”.

MDH va ShHT kuzatuvchi missiyalari Qirg‘izistondagi ovoz berish jarayonida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini ma’lum qildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti vakillari saylovlarni “shaffof, ishonchli va demokratik” deb atadi. MDH ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev mag‘lub bo‘lgan tomonlarni respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirmaslikka chaqirdi.