Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qobuldagi to‘yda bo‘lib o‘tgan qo‘poruvchilik harakatiga javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga oldi

17 avgust kuni sodir etilgan portlash natijasida 63 nafar odam vafot etdi, 182 nafar odam jabrlandi.

Shanba kuni Qobulda to‘y bo‘layotgan vaqtda sodir etilgan terrorchilik harakti javobgarligini "Islom Davlati” (IShID) terrorchilik guruhi o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.

17 avgust kuni portlash oqibatida 63 nafar odam halok bo‘ldi, 182 nafar odam jabrlandi. Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, portlash o‘zini portlatib yuborgan terrorchi (xudkush) tomonidan amalga oshirilgan.  

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf Gani bo‘lib o‘tgan voqeani qattiq tanqid qildi va xavfsizlik masalalari bo‘yicha kengash hodisani tahlil qilish va aholi xavfsizligini ta’minlashdagi xatolarni kelajakda bartaraf qilinishi uchun tezkor yig‘ilish chaqirtirilganini ma’lum qildi.