Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qon quyish markazi shifokorlari olis qishloq aholisini anropometrik tekshiruvdan o‘tkazmoqda

Ayni kunlarda Samarqand viloyat qon quyish markazi xodimlari joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan tibbiy-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Ishtixon tumanidagi “Obod diyor” qishloq oilaviy poliklinikasida tashkil etilgan salomatlik tadbirida ushbu hududda yashovchi 882 aholi tibbiy xatlov va anropometrik tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shuningdek, ularga donorlik haqida zarur ma’lumotlar berildi. Qon topshirish turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qon almashtirishga muhtoj bemorlarning hayotga qaytishlariga yordam berishi, shu bilan birga donorning o‘zi salomatligiga ham foydali ekani tushuntirildi.

Zarifa Qayumova,

viloyat qon quyish markazi klinik qon tahlili bo‘limi boshlig‘i.