Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qorabog‘da keng ko‘lamli jangovar harakatlar davom etmoqda

Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan ma’lum qildi.

“Qorabog‘dagi Gadrut shahri hududida keng ko‘lamli jangovar harakatlar davom etmoqda. O‘z diqqatini mazkur yo‘nalishga qaratgan dushman, katta kuch bilan shaharga yorib kirishga o‘rinmoqda. Mudofaa qo‘shini har qarich yer uchun kurash olib bormoqda”, ta’kidladi u.

9 oktyabrdan 10 oktyabrga o‘tar kechasi, Moskvada o‘n soat davom etgan  Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi muzokaralar yakuniga yetdi. Muzokaralar xulosasiga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishgandi. Biroq sulh talablari amal qilishni boshlaganidan 1 soat o‘tar-o‘tmas ikkala tomon bir birini sulh talablarini buzganlikda aybladi.