Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qorasuv – durdona shaharning zamonaviy massivi

Bugun bu fikrga ko‘pchilik qo‘shilishi tabiiy. Zero, keyingi 3-4 yilda hududda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Boshqa ijtimoiy sohalarni qo‘ya turing, faqatgina aholi yashash xonadonlarining o‘zi massivni shahar ichidagi shaharga aylantirdi.

Bu yerda “O‘zshaharqurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan jami 45 ta 7 qavatli va 3 ta 16 qavatli uy-joy qurildi. Bundan tashqari, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bunyodkorlari 34 ta 5 qavatli uy-joy barpo etishdi.
Hududdagi eng katta qurilishni “Agromir Bildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati amalga oshirmoqda. Korxona quruvchilari tiklagan 65 ta 12 va 16 qavatli turar joy binolari 3500 xonadonga mo‘jallangan.
Bundan tashqari, Samarqand shahar hokimligi “Kapital qurilish direksiyasi” DK tomonidan 5 ta 9 qavatli (364 ta xonadonlar) turar joy binolari qurilmoqda.
Mazkur hududda tegishli dasturlar doirasida 7 ta 16 qavatli, 2 ta 25 qavatli uy-joy, futbol akademiyasi binosi, madaniyat va istirohat bog‘i, boshqa savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy massivda bunyodkorlik ishlari shu bilan to‘xtab qolmaydi. Negaki, Samarqand shahrining Shirin mahallasi - sobiq Rofe Hamroyev jamoa xo‘jaligi hududidagi 210 gektar maydonda ko‘p qavatli turar joy binolari, turistik va ko‘ngilochar majmualar barpo etish belgilangan.
Yangi uy-joylar qurish bilan birga hudud aholisiga zarur daromad manbalarini yaratish, moliyaviy qiynalgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash ham doimiy e’tibor markazida bo‘lmoqda.