Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shmachilik, fohishalik va o‘g‘irlik qilgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 15 iyul kuni soat 23:00 larda Surxondaryo viloyatining Termiz shahri Majnuntol mahallasida yashovchi 52 yoshli N.Q. o‘z yashash uyida qo‘shni davlat fuqarosi, vaqtincha Termiz shahrida joylashgan mehmonxonada yashovchi 35 yoshli S.O., Sherobod tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.S. va Termiz shahar Jo‘yjangal mahallasida yashovchi 25 yoshli J.M. ismli ayollarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Shundan so‘ng ikki nafar ayol S.O.ning mastligidan foydalanib, uning 600 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganlar. Sh.S. va J.M.lar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.S. va J.M.larga nisbatan o‘g‘irlik qilgani, N.Q.ga nisbatan fohishaxona tashkil etish bilan shug‘ullangani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Tergov harakatlari olib borilmoqda.