Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shnilarning yonma-yon turgan mashinalari yonib ketdi

Kecha, 28 iyul kuni soat 03.28 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Sho‘rtan” MFYda joylashgan ko‘p qavatli 5-uyning oldida turgan 2 ta yengil avtomobillarda yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Ko‘rsatilgan manzilga 2 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 03.36 da yetib borgan va yong‘in soat 03.38 da qurshab olinib, soat 03.53 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida 5-uyda yashovchi fuqaro A.X.ga tegishli “NEXIA” va “MATIZ” rusumli  avtomobillar yong‘indan zararlangan.

Yong‘in holati yuzasidan tergov organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.