Qo‘shrabotda 108,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi
- 30.11.2023 13:41
- 219
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda fuqaro Sh.R. “Urganji” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan elektr tarmog‘iga qo‘lbola usulda yasalgan burg‘ulash uskunasini o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 108,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.