Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda avtomashina salonidan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 28 iyun kuni IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 18 iyun kuni Namuna mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 33 yoshli Sh.T. “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan “Intizor” nomli avtoshoxbekatida, Buloqboshi mahallasida yashovchi, 29 yoshli S.X. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasiga ruxsatsiz o‘tirib, avtomashina salonidan 80 000 so‘m pulini olib, voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.T. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.