Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda favqulodda holatlarga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

O‘quv mashg‘ulotida favqulodda vaziyatlarda xabar berish, ular sodir bo‘lganda birlamchi vazifalarni amalga oshirish, oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarning harakatlanish shayligi sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadini yoyish va ko‘p sonli jabrlanganlarni qabul qilish, yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, “COVID-19” tarqalishining oldini olish, talafot ko‘rgan binodan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish kabi amaliy tadbirlar namoyish etildi.