Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda fermer xo‘jaligiga qarashli yerni 25 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘shrabot tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.T. hududdagi “O.” fermer xo‘jaligiga qarashli 13 sotix yer maydonini fuqaro O.ga go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun 25 mln so‘mga sotishga kelishib, 2 000 AQSh dollari va 4,9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.