Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda hokimlik 5 nafar bemorga davolanish uchun 50 million so‘m beradi

Tumanda zaxira mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hokimning tegishli farmoyishi qabul qilinib, 67 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bu pullarning 50 million so‘mi 5 nafar fuqaroga sog‘ligini tiklashi uchun ularning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Ajratilayotgan mablag‘ning eng kam miqdori 5 million, eng ko‘pi 20 million so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu farmoyish bilan shuningdek, bolalar va o‘smirlar sport maktabiga 17 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Bu pul maktab tarbiyalanuvchisi o‘z murabbiyi bilan jahon chempionatida ishtirok etishi uchun sarflanadi.