Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda istiqlol shodiyonasi musiqali favvora oldida bo‘lib o‘tadi

Tuman byudjetidan ajratilgan 1,1 milliard so‘m mablag‘ evaziga tuman madaniyat va istirohat bog‘ida barpo etilgan favvora mustaqillik bayrami munosabati bilan ishga tushiriladi.

Bayramning asosiy tadbirlari 2200 kishilik amfiteatrda bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shrabot tuman hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, istiqlol shodiyonalarining asosiy tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘ida qariyb 3,5 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Xususan, yo‘lkalarga beton plitalar yotqizilgan. Rang-barang gullar va ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan.

Bundan tashqari, bog‘da zamonaviy pavilon ishga tushirildi. Tadbirkorlar tomonidan turli attraksion va o‘yin avtomatlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.