Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda bog‘cha xodimlari bir-birini “krushka” bilan urib jarohat yetkazgani haqida video tarqaldi, IIB rasmiy munosabat bildirdi

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ko‘ra, shu yil 1 iyul kuni Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A. hamda shu muassasa metodisti E.G.lar o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasida janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida Ch.A., E.G.ning boshi qismiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 iyul kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.