Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotlik 250 kishi Olmaliqdagi fabrika qurilishi uchun ishga qabul qilindi

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Qo‘shrabot tumani markazida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda  “Enter engineering Pte.Ltd.” qurilishi kompaniyasi xodimlari hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilgan edi.

Unda, dastlab 150 nafar ishsiz fuqaro Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon metallurgiya kombinatining mis boyitish fabrikasi qurilishida ishlash istagini bildirgan. Natijada qo‘shrabotlik mas’ullar qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, u yerdagi shart-sharoitlarni o‘rganishdi.

Kuni kecha qo‘shrabotlik 150 nafar ishsiz fuqaro kompaniyaga ishga joylashtirildi. Ular mutaxassisligi bo‘yicha haydovchi, payvandchi, elektromontyor kabi ishlarda faoliyat boshladi.

- Ko‘p yillardan beri ishsizlik muammosi meni qiynab kelardi, - deydi Akmal Xolboyev. – Bu ish ayni muddao bo‘ldi. Ishchilarning bu yerda yotoqxona, 3 mahal issiq ovqat, maxsus kiyim, 5 million so‘m oylik maosh bilan ta’minlanishi menga ma’qul keldi.

Shuningdek, tumandan qurilish jarayonlarida ishlash istagini bildirgan yana yuz kishi Olmaliqqa jo‘nab ketdi.

Zafarjon JUMANOV.