Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklardan pul undirishayotgani o‘rganilmoqda

Qozog‘iston Respublikasining “Tajen” nazorat-o‘tkazish punktida noma’lum shaxslar go‘yoki, “muammosiz” chegaradan o‘tkazish evaziga pul undirayotgani to‘g‘risida O‘zbekiston fuqarolaridan bir nechta murojaatlar kelib tushgan.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi va Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog‘iston tomoni bilan birgalikda holatning barcha tafsilotlarini aniqlash va muammoni bartaraf etish uchun qator diplomatik choralarni ko‘rmoqda.