Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘iston Rossiya va O‘zbekiston bilan chegarada 12 ta avtomobil o‘tkazish punktini ochdi

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya (IK) Rossiya va O‘zbekiston bilan davlat chegarasi orqali 12 ta avtomobil nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga qaror qildi, deb xabar berdi IK.

Shunday qilib, bugun, 12 iyuldan boshlab quyidagi Rossiya bilan chegaradagi avtomobil nazorat punktlari ishi tiklanadi: Qo‘ndibay, Oqbalchiq, Qiziljar, Nayza, Jezkent, Baytanat, Koyanbay, O‘rda, Shagan, Karashatau; O‘zbekiston chegarasi orqali: Selinniy va Sirdaryo.