Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 03:10 da Jambil viloyati Jambil tumanidan o‘tuvchi "Olmaota-Toshkent" avtomobil yo‘lining 545-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qozog‘istonning Qizil tan qishlog‘idan 7 kilometr uzoqlikda trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi yonishi oqibatida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan. Soat 03:40 larda "Olmaota-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv oqibatida ushbu avtotransport vositalarida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan. Hozirda bu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda.