Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab vafot etdi

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 22 yanvar kuni Aqtobe viloyati Irg‘iz tumani hududida “Samara-Chimkent” avtomobil trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil-avtomobil yo‘lovchisi, O‘zbekiston fuqarosi N.S. vafot etdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi.

Shuningdek, konsulxonaning xabar berishicha, ob-havo sharoitining yomonlashgani tufayli Qozog‘istonning 9 ta viloyatida 48 ta uchastka barcha turdagi avtotransport vositalari uchun vaqtincha yopildi. 23-25-yanvar kunlari kuchli qor yog‘ishi va bo‘ron davom etadi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xav-xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.