Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istondagi YTHda 2 nafar o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l transport hodisasi kecha, 14 avgust kuni erta tongda Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida sodir bo‘lgan. Natijada jami 3 kishi, jumladan 2 nafar O‘zbekiston fuqarolari M.I. va G.T. vafot etdi.

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumalarning jasadlarini Vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.