Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonlik talaba Uxandan o‘zbekistonliklar bilan Toshkentga keldi

O‘zbekiston Uxanda qolib ketgan qozog‘istonlik talabani evakuatsiya qildi. Bu haqda talabaning onasi Sputnik Qozog‘iston nashriga ma’lum qildi.

“Mening o‘g‘limni bugun Toshkentga olib ketishdi. U allaqachon uchib ketgan, hozir yo‘lda. Uni O‘zbekiston borti olib ketdi. Uni qayerga joylashtirishlari haqida ma’lumotga ega emasmiz, asosiysi, uni u yerdan olib ketishdi. Qolganidan hozircha xabarimiz yo‘q”, - degan talabaning onasi.

Qayd etilishicha, talaba Xitoyning Uxan shahrida qolib ketgan. Chunki uning vatandoshlarini evakuatsiya qilishayotganda uning harorati ko‘tarilgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini yaxshi his qilgan va kasallik alomatlari bo‘lmagan.

Talaba qozog‘istonlik talabalar guruhini nazorat qilgan va ularga Uxandan ketish vaqtida yordam bergan. Vatanga qaytganlarning ota-onasi Prezident nomiga Uxanda qolib ketgan talabaga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni 250 nafar, 5 fevral kuni esa 84 nafar fuqaro Xitoydan olib kelindi.

Xitoydan olib kelinganlar maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi va 14 kun davomida karantinda bo‘lishadi. Ularning ota-onalari bilan uchrashishi taqiqlanadi.