Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rafael Balasanyan: “Dinamo” oxirigacha kurashda davom etadi

” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyevning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli uchrashuvdan keyin “Dinamo” katta murabbiyi Rafael Balasanyan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Yigitlar imkon qadar bor kuch va imkoniyatlarini sarflab, maydonda harakat qildi. Bu borada ularga hech qanday e’tiroz yo‘q. Afsuski, biz mahorat bobida “Andijon” jamoasiga yutqazdik.

- Ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin ushbu o‘yindan oldin qanday rejalar qilingandi?

- O‘yinni hujumkor boshlab, har qanday holatda ham birinchi golni urishimiz kerak edi. Himoyada bexato o‘ynab, tartibli o‘yin bilan hujumlarni yakunlashimiz lozim edi. Afsuski, rejalarimiz amalga oshmadi.

- Oldinda yana 6 ta tur qoldi. Mavsum yakunlanayotgani sari jamoaning holati qiyinlashmoqda...

- Umid qilamanki, biz Superligada qolishni uddalaymiz. Ligada qolish yoki qolmaslik o‘z qo‘limizda. Shunday ekan, oxirigacha kurashishda davom etamiz. Oldinda esa muhim bahslar bor.
Usmon Ibodov yozib oldi.