Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rasul Kusherbayev ishga velosipedda qatnayotganini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev telegram kanalidagi sahifasida ishga velosipedda qatnayotganini bildirgan.

"Karantin sabab Parlament va deputatlar boshqa idoralardan farqli o‘laroq, avtotransportda yurishdan mahrum qilingan bir paytda “dux”ni cho‘ktirmay, zarur bo‘lganda ishga velosipedda kelishga o‘tvoldik. “Zato” sog‘liqqa ham foyda.

Yaltiragan mashinalarida yurgan idoralardagi “okalarimiz” karantin qo‘l keldi, deb ishqilib deputatlarni velosipedda yurishdanam mahrum qilib qo‘ymasa bo‘ldi. Unda u yog‘iga “peshkom”, lekin qaytish yo‘q!

Suratda niqobim bor", deb yozgan deputat.