Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Real“ning sobiq prezidenti koronavirus sababli vafot etdi

Ispaniyaning “Real” va “Malaga” klublari sobiq rahbari hisoblangan Lorenso Sans kutilmaganda shifoxonaga tushib qolgani haqida xabar bergan edik.
 
Lorenso Sans o‘tgan haftada koronavirus infeksiyasiga test topshirdi va bu kasallik aniqlandi. Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay Sans 76 yoshida ushbu darddan vafot etdi. 
 
Ma’lumot uchun, Lorenso Sans 1995-2000 yillarda “Real”ni boshqargan, 2006-2010 yillarda esa “Malaga” klubiga rahbar bo‘lgan.
 
Javohir TOShXO‘JAYeV, O‘zA