Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Reyd: Viloyatda bir kechada 43 ta jinoiy holat aniqlandi

18-19 aprel kunlari Samarqand viloyati hududida jamoat xavfsizligini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida 43 ta jinoiy holat aniqlangan va muqaddam sodir etilib fosh etilmasdan qolgan 7 ta jinoyat fosh etilgan. Viloyat IIB xabar bermoqda.

Masalan, Samarqand shahri “Aravasozlar” mahallasida yashovchi M.A.ning yashash xonadonida 5 kg. “opiy” giyohvandlik moddasi saqlanganligi aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yoki Kattaqo‘rg‘on tumani “Olmazor” mahallasida yashovchi X. fuqaro R. nomiga Kattaqo‘ron tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 0,30 ga yer maydonini 6 ming AQSh dollarga sotib, guyoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da berib, oldindan 3 ming AQSh dollar olgan vaqtda ushlangan. Tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan 15 nafar shaxslar qo‘lga olingan.

Shuningdek, kunduzgi va tungi «avtoreyd» tadbirlari davomida 1 889 nafar qoidabuzar haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 25 nafar ayollarga himoya orderlari berilgan.