Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rim aeroportida COVID-19 hid orqali aniqlanadi

“Italpol” kompaniyasi Rimdagi «Fyumichino» aeroportida o‘rgatilgan xizmat itlari koronavirusga chalingan yo‘lovchilarni qanday aniqlay olishlarini ko‘rsatdi, deb xabar qildi Italiya televideniyesi.

Kompaniya aeroportga uchib kelish hududdidagi terminallardan birida itlar ishi namoyish etildi. Kelajakda ushbu hayvonlardan nafaqat namoyishlarda, balki haqiqiy yo‘lovchilar bilan ishlashda foydalanish rejalashtirilgan.

“Italpol” itni COVID-19 yuqtirgan odamlarni aniqlashga o‘rgatish uchun olti-sakkiz hafta vaqt kerakligini tushuntirdi. Ushbu usulning afzalliklaridan biri shundaki, it hech qanday alomatlari bo‘lmasa-da, potensial bemorni tezda aniqlay oladi. Gap shundaki, COVID-19 bilan kasallangan odamlarda «maxsus» hid mavjud bo‘lib, sezgir it buni tez ilg‘aydi. Kinolog vazifasi - hayvonning ushbu hidga aniq ta’sirlanishini ta’minlash va potensial kasal odamni aniqlagani haqida ogohlantirishidir. Darvoqe, odamning koronavirus bilan kasallanganligini aniqlash uchun itlardan foydalanish g‘oyasi yangi emas: u nafaqat Italiyada, balki Fransiya, Finlandiya kinologlari tomonidan ham amalga oshirildi. Rossiyada ham o‘tgan yilning kuzida ushbu usulni o‘rganish boshlandi.

G.Xoldorova tayyorladi.