Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2020 yilda Rossiyaning qaysi sohalarida muhojirlar mehnati cheklanadi?

Rossiya hukumati 2020 yilda qaysi sohalarda mehnat muhojirlarining faoliyati cheklanganligiga aniqlik kiritdi.

“Tartiblar belgilanishida mehnat bozorining mintaqaviy xususiyatlari, shuningdek, rossiyaliklarni ish bilan ta’minlash ustuvorligi hisobga olindi”, deyiladi Rossiya Davlat dumasi rasmiy saytida e’lon qilingan qarorda.

Ko‘plab sohalarda xorijiy ishchilarning ruxsat etilgan ulushi 2019 yildagi kabi o‘zgartirishlarsiz qoldirildi. Misol uchun, yo‘lovchi transporti va yuk tashish transporti sohalariga umumiy ishchilar sonining 26 foiziga xorijiy ishchilarni jalb etish mumkin. Sport sohasiga – 25 %. Xodimlarning umumiy soni ichida chet elliklarning eng katta ulushi qurilish sohasida ko‘rsatildi - 80 %. Biroq mazkur tartib Moskva, Dog‘iston, Buryatiya va Amurskiy viloyatiga joriy etilmadi.

Shuni ta’kidlash joizki, 2020 yildan boshlab mehnat muhojirlari nostatsionar savdo ob’yektlari, jumladan, dorixonalarda, bozorlarda, shuningdek, turli savdo chodirlarida chakana savdo bilan shug‘ullana olishmaydi. Ushbu sohadagi xorijiy ishchilarning ulushi 0 foizga teng.