Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya 1 yanvardan noqonuniy migrantlarni chiqara boshlaydi

Migrantlar hujjatlarni topshirish muddati va mamlakatga kirish maqsadiga qo‘yilgan talablarni hisobga olmagan holda patent olishi mumkin.

“2021 yilning 1 yanvaridan boshlab chet elliklarga noqonuniy faoliyat uchun jarimadan tashqari (besh ming rublgacha) Rossiyadan chiqarib yuborish va kirishni taqiqlash bilan bog‘liq choralar ko‘rilishi mumkin”, — deyiladi IIV veb-saytda. Ish beruvchiga qo‘l ostidagi har bir noqonuniy fuqaro uchun 800 ming rubldan jarima to‘lashi mumkin.

Xabarga ko‘ra, tegishli hujjatlari bo‘lmagan xorijlik fuqarolar 31 dekabrgacha Rossiyaning Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari lozim. Shu bilan birga, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari hujjatlarni topshirish muddati va mamlakatga kirish maqsadiga qo‘yilgan talablarni hisobga olmagan holda patent olishlari mumkin.

Ish beruvchilar chet elliklar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishi va bu haqda uch kun ichida Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarini xabardor qilishi kerak.

Ma’lumki, iyun oyida prezident Vladimir Putin muddati o‘tgan hujjatli xorijliklarga yil oxirigacha deportatsiya xavfisiz Rossiyada qolishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagan edi. May oyi oxirida e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada ruxsatnoma muddati o‘tgan 1,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari bor.

Shunit alohida ta’kidlash kerakki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar kirish maqsadidan qat’i nazar, mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish huquqiga ega. Ayrim mutaxassislarga ko‘ra, mazkur holatdan kelib chiqib, yuqoridagi ittifoqqa a’zo davlatlar sonini oshirishda migrantlar bilan bog‘liq muammolardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.