Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya: Bugun yangi sub’yektlar bo‘yicha shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Putin Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qildi. BMT referendum natijalarini tan olmaydi

Bugun, 30 sentyabr kuni Kremlda referendumlar o‘tkazilgan to‘rtta hududning Rossiyaga kirishi to‘g‘risida kelishuv imzolanadi. Kremlda bo‘lib o‘tadigan marosim doirasida Rossiya prezidenti hududlar rahbarlari bilan uchrashadi, deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Keyinchalik, 4 oktyabr kuni Federatsiya Kengashi yangi hududlarning Rossiyaga kirishi bilan bog‘liq barcha masalalarni ko‘rib chiqadi.

Shu bilan birga, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha BMT DXR, LXR, Xerson va Zaporoje hududlari referendumlar natijasida Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini aytdi - uning fikricha, blebissit (o‘ta muhim masalani hal qilish uchun xalq ovozi, referendum)larni xalq irodasining haqiqiy ifodasi sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Chunki ular Ukrainaning huquqiy doirasidan tashqarida va Rossiya Federatsiyasi nazorati ostidagi hududlarda amalga oshirilgan.

Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi va unga 23-27 sentyabr kunlari bo‘shatilgan hududlarni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Erdo‘g‘on yana bir bor Putinga Kiyev bilan muzokaralar uchun Anqara vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgan.