Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi. Bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangani yana bir bor eslatildi.

"Diplomatik vakolatxona ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi «Yollanish»ga ko‘ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Elchixona O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi.

Elchixona yurtdoshlarimizni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi", deyiladi xabarda.