Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Rossiya kommunistlari" Gorbachyovni jinoiy javobgarlikka tortishni so‘radi

"Rossiya kommunistlari" rahbari Maksim Suraykinning RIA Novostiga aytishicha, partiya Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovni Chernobil AESidagi portlash haqidagi ma’lumotni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qilgan.

Chernobil AESidagi avariya 1986 yil 26 aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. 4-energiya blokining reaktori portladi. Voqea oqibatida atrof muhitga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tarqaldi. Hammasi bo‘lib 7 milliondan ortiq kishi yashagan Ukraina, Belorusiya va Rossiyaning ulkan hududlari zararlandi. O‘sha paytda Gorbachev KPSS Markaziy Qo‘mitasining Bosh kotibi edi.

"Rossiya Kommunistlari" partiyasi Gorbachyovga qarshi Chernobil AESidagi portlash haqidagi ma’lumotni yashirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qildi. “Bizning partiyamiz Gorbachev jinoyatkorona harakatsiz va voqea yuzasidan jamiyatning tezkor boshqaruviga to‘sqinlik qilgan deb hisoblaydi. Biz Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga uning javobgarlikka tortilishini talab qilgan bayonot jo‘natdik», dedi Suraykin agentlikka.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1986 yil aprel oyida Gorbachev atom elektr stansiyasidagi portlash va mamlakatning ko‘plab shaharlariga tahdid solayotgan radiatsiya xavfi to‘g‘risida ma’lumot olgach, odamlar hayotini saqlab qolish va vaziyat uchun muhim bo‘lgan boshqa choralarni o‘z vaqtida ko‘rmagan.

"Nafaqat Moskva, Leningrad, Sverdlovsk, Minskda, balki Kiyevda ham 1 may tadbirlari bekor qilinmadi va umuman, Gorbachyov aholiga faqat 14 mayda murojaat qildi. Vaholanki, zudlik bilan 26 aprelda butun mamlakat bo‘ylab o‘zini izolyasiya qilish haqida e’lon qilinishi kerak edi. Axir radioaktiv bulut hatto Shvetsiyada ham qayd etildi".

G.Xoldorova tayyorladi.