Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya va Turkiya prezidentlari muzokaralari boshlandi

Sochida Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokaralar boshlandi.

Avval o‘zaro yuzma-yuz suhbat, keyin nonushta bo‘lishi rejalashtirilgan.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi, shuningdek, Suriya, Liviya, Afg‘oniston va Kavkazdagi vaziyatni muhokama qilishi ma’lum qilingan.

Avgust oyida Erdo‘g‘on Putin bilan Rossiyaning S-400 zenit-raketalarini yetkazib berish tafsilotlarini muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytgan edi.