Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qilishicha, fuqaro D.A. Rossiya Federatsiyasiga 2019 yilning noyabr oyida ishlash uchun borib, Kaliningrad shahrida qonuniy ravishda ishlagan. Ammo 2022 yil iyul oyida ish vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan. 

Natijada umurtqa suyagi singan. Orttirilgan jarohati tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan. Kasallik sabab ishga layoqatisiz bo‘lib qoladi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi hamda Bosh konsulxonaga Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qiladi.

Fuqaroning murojaati o‘rganildi va Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berildi, “Uzbekistan airways” kompaniyasi hamkorligida Kaliningrad-Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.