Rossiyada shaurmadan ommaviy zaharlanish qayd etildi
- 20.06.2023 11:00
- 92
- Xorij
Bratsk shahrida shaurma iste’mol qilgandan keyin zaharlanish alomatlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan rossiyaliklar soni 101 nafarga yetdi, deb ma’lum qildi Irkutsk gubernatori Igor Kobzev.
“Kafega tashrif buyurgan jami 101 kishi shifokorlarga murojaat qilgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari bolalar”, — deya tushuntirdi gubernator.
Shu bilan birga, 51 jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, zaharlanish bo‘yicha og‘ir holatlar kuzatilmagan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ommaviy zaharlanish bo‘yicha tergov ishlari prokuratura nazoratida. Rospotrebnadzor mutaxassislari kafeda idish-tovoq, tayyorlash jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash shartlari buzilganligini, shuningdek, korxona xodimlarining shaxsiy gigiyenasiga rioya qilish uchun sharoit yo‘qligini aniqlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Xazina. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Urgut kashtalariga xorijda xaridor ko‘p
- Bugun, 11:55
- Madaniyat