Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada uy-joysiz va mablag‘siz qolib, salomatligi yomonlashgan fuqarolar Vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan salomatligi yomonlashib, qiyin ahvolda qolgan S.X. ismli fuqaroni "Novosibirsk – Toshkent" aviareysi orqali Vatanga qaytarilishiga ko‘maklashildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Shuningdek, Novosibirsk shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va salomatligini yo‘qotgan U.S. ismli fuqaro "Novosibirsk – Toshkent" aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

U.S. bir necha yil ilgari Novosibirsk shahridagi chorvachilik fermer xo‘jaligida ishlash maqsadida kelgan va ayni paytda salomatligi yomonlashgan. Shu bilan birga hujjatlarini ham yo‘qotgan. U vaqtincha turar joy bilan ta’minlandi, “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, Vatanga qaytishga ko‘maklashildi.