Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyadagi yurtdoshlarimizga turli ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik tushuntirilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakilligi va mamlakatimizning Bosh konsulxonasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan bir qancha tashkilotlar rahbariyati bilan uchrashish maqsadida Chelyabinsk shahriga bordi.

Shahardagi «Avgust» tashkiloti hamda Yekaterinburg shahridagi fuqarolarimiz uchrashuv o‘tkazilib, ulardagi mavjud muammo va takliflar tinglandi.

Uchrashuvda fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish hamda boshqa yo‘nalishlarda amaliy yordam berish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hududlarida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi, Bosh konsulxonalari va Agentlik vakilliklari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari mehnat migrantlarini turar joyi hamda ish faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, Yekaterinburg shahridagi “SAI GON” kafesida ishlayotgan 50 nafarga yaqin fuqarolarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda fuqarolarga ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik, Rossiya migratsiya qonunchiligi talablari asosida ish faoliyatlarini yuritish lozimligi tushuntirildi.