Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ryazan viloyatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

Rossiyaning Ryazan viloyatida olti nafar O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi, deb yozmoqda Sputnik.

Xabarda aytilishicha, "R22 “Kaspiy” trassasida jarohatlanganlarning 2 nafari Mixaylovskiy tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limida. Shifokorlar ularning tuzalib ketishiga umid bildirishdi. Yana 2 nafar jarohatlanganlarda ayni damda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda.

Qolgan, 3 nafar fuqaro ham travmatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. YTHda jami 7 kishi jarohatlangan. Ulardan 1 kishi Rossiya fuqarosi 6 nafari O‘zbekiston fuqarolari. Barchasi voyaga yetganlar, deyilgan mahalliy nashr xabarida.