Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Sudlanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalarida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.