Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda
- 18.02.2024 12:22
- 107
- O‘zbekiston

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida kuchli shamol natijasida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida:
➖Samarqand viloyatining Samarqand, Past Darg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlari iste’molchilari qisman (35 000 ta),
➖Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari iste’molchilari qisman (15 000 ta);
➖Jizzax viloyatining Baxmal tumani iste’molchilari qisman (700 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi vazirlik xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyoni yaxshilar obod qiladi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Туркияда Гермеснинг мармар ҳайкали топилди
- Kecha, 20:45
- Xorij
Iste’molchi doim haq
- Kecha, 17:14
- O‘zbekiston