Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 5000 AQSh dollari olgan shaxs qo‘lga olingan

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, jiyani S.ni o‘qishga kirishi uchun hujjat topshirish tartibi bilan tanishib yurgan vaqtida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i bilan tanishib qolganligini, ushbu shaxs uning ishonchiga kirib, jiyanini dizayn fakultetiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishini aytib, evaziga 5.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilganligini ma’lum qilgan. Bu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 01 iyul kuni viloyat IIB JQB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida, X.V. ariza muallifidan talab qilgan 5.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.